Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 23:19 / 26.08.2015
3881
1 daqiqa o‘qiladi
AQShda jurnalistlarni o‘ldirgan qotil o‘z joniga qasd qilgandan keyin tirik qoldi
AQShning Virjiniya shtatida jonli efir paytida WDBJ7 telekanalining muxbiri va suratga olish operatorini o‘ldirishda gumon qilinayotgan Vester Flenagan ismli 41 yoshli shaxs o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi, biroq tirik qoldi, deb mahalliy politsiyaga iqtibos keltirgan holda WDBJ7 telekanali ma'lum qilmoqda.
Uning ahvoli og‘irligi aytilmoqda.
Telekanal qotil ularning sobiq xodimi bo‘lganini tasdiqladi. Jinoyat sabablari noma'lumligicha qolmoqda.