Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Barselona» Neymarga 2021 yilgacha davom etadigan yangi shartnoma taklif qilmoqchi
Kataloniyaning «Barselona» klubi jamoa hujumchisi Neymarga yangi shartnomaga taklif qilishni rejalashtirmoqda, deb yozadi Britaniyaning Daily Mail nashri.
Manbaning ma'lum qilishicha, Kataloniya klubi joriy mavsum oxiriga qadar braziliyalik futbolchi bilan amaldagi shartnomani uzaytirishni reja qilgan.
Yangi shartnoma 2021 yilga qadar amal qilishi ko‘zda tutilgan. Agar shartnoma imzolanadigan bo‘lsa, Neymarning transferni bekor qilishi uchun to‘lanadigan tovon puli 250 million yevroni tashkil qiladi.
Braziliyalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2018 yilning yoziga qadar davom etadi.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi paytlarda futbolchiga «Manchester Yunayted» jamoasi qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.