Jahon | 21:31 / 26.08.2015
3839
2 daqiqa o‘qiladi

Britaniyalik 16 yoshli qiz va 14 yoshli o‘smir Avstraliyada Faxriylar kuni terakt uyushtirmoqchi bo‘lgan

16 yoshli britaniyalik qiz Avstraliyada Faxriylar kuni terakt uyushtirmoqchi bo‘lganini tan oldi. Tergov versiyasiga ko‘ra, qiz va 14 yoshli o‘smir 25 aprelda nishonlanadigan bu kunda terakt amalga oshirmoqchi bo‘lgan.

Buyuk Britaniyaning Manchester shahrida yashovchi qiz va teraktning ehtimoliy tashkilotchisi bo‘lgan o‘smir yigit aprelda qo‘lga olingan. Gumonlanuvchilar teraktda mahalliy politsiyachilarni nishonga olmoqchi bo‘lganlar. Qizning yonidan portlovchi vosita tayyorlash bo‘yicha yo‘riqnoma va boshqa ekstremistik ruxdagi materiallar topilgan.

Qiz voyaga yetmagani sababli qo‘yib yuborildi. TASS axborot agentligining ma'lum qilishicha, qiz “IShID” terrorchilik guruhi ta'siriga tushib qolgan.

Bu ish Buyuk Britaniyada katta muhokamaga sabab bo‘ldi. Yigit “eng yosh terrorchi” deb atalib, mamlakatda “IShID” targ‘ibotining mahalliy yoshlarga ko‘rsatayotgan halokatli ta'siri haqida yangi muzokaralarni keltirib chiqardi. Buyuk Britaniya hukumati ma'lumotlariga ko‘ra, “IShID” safida qirollikning kamida 700 nafar fuqarosi jang qilmoqda. Ularni asosan muhojirlarning Britaniyada tug‘ilgan va turli radikal imomlarning ta'siriga tushgan yoshlar tashkil qilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish