Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeI O‘zbekistondagi qishloq hududlari uchun 9,3 mln yevrolik beg‘araz yordam ajratadi
Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonning oltita viloyatidagi qishloq hududlariga beg‘araz yordam sifatida 9,3 mln yevro miqdorida mablag‘ ajratadi. Bu haqda Ittifoq rasmiy saytida xabar qoldirilgan.
Mazkur loyiha 36 oy mobaynida Germaniyaning Deutsche Gesellschaft für Internationale Zusammenarbeit (GIZ) GmbH boshchiligidagi konsorsiumorqali amalga oshiriladi. Konsortsium tarkibiga Fransiyaning Agence pour le développement de la coopération internationale dans les domaines de l'agriculture, de l'alimentation et des espaces ruraux (ADECIA), Italiyaning Associazione Italiana Allevatori (AIA) va Bolgariyaning Center for Entrepreneurship and Executive Development (CEED) tashkilotlari kiradi.
Mazkur loyiha O‘zbekistonning olti – Namangan, Andijon, Farg‘ona, Jizzax, Sirdaryo va Qashqadaryo viloyati hududlarini qamrab oladi. Loyihaning asosiy maqsadi O‘zbekistondagi chorvachilik, bog‘dorchilik, sabzavotchilik kabi qishloq xo‘jaligi sohalariga Yevropacha nou-xau va texnologiyalarini olib kirishdan iborat.