14:18 / 26.08.2015
2234

Eron neftga investitsiya kiritishni kamaytirdi

Neft qazib olish hajmi bo‘yicha dunyoda 5-o‘rinda turuvchi Eron uglevodorodlar narxining keskin tushib ketishi bois 2015 yilda ushbu sohaga deyarli mablag‘ ajratmadi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar bermoqda.

Eron neft vaziri Bijan Nomdor Zangonaning ma'lum qilishicha, 2011-2012 yillarda neft sohasiga 40 mlrd dollar ajratilgan bo‘lsa, o‘tgan yili bu ko‘rsatkich 6 mlrd dollarga teng bo‘ldi.

Vazirlikning strategik rejalashtirish bo‘linmasi boshlig‘i Said Gavompurning aytishicha, yaqin besh yil ichida bu sohaga 100-500 mlrd dollar kiritish talab etiladi.
Sanktsiyalar bekor qilinishi bilan Eron neft qazib chiqarish hajmini kuniga 500 ming barrelga yetkazishni rejalashtirmoqda. Bunda, Zangonaning fikricha, OPeK a'zolari sanksiyalar bekor qilinganidan so‘ng neft bozorida Eronga ulush ajratib berishlari zarur.

OPeKning sobiq rahbari Nobuo Tanakaning taxmin qilishicha, 2040 yilga kelib Eron neft bozorida yetakchi mavqeni qo‘lga kiritadi.

Top