Iqtisodiyot | 01:40 / 26.08.2015
6571
2 daqiqa o‘qiladi

Forbes: Putin Sheremetevo aeroporti Ponomarenko va Rotenbergga o‘tishini ma'qulladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyaning eng yirik aeroporti xususiy investorlar – Aleksandr Ponomarenko va Arkadiy Rotenbergga qarashli “TPS Avia” guruhiga berilishini tasdiqlovchi qarorga kelish arafasida turibdi yoki bu qarorni qabul qilib bo‘ldi. Bu haqda hujjatning tayyorlanishiga yaqin bo‘lgan uchta manbaga iqtibos keltirgan holda Forbes nashri yozmoqda. Manbalardan birining ta'kidlashicha, hujjat imzolanib bo‘lingan, qolgan ikkita manba esa u “yuqori darajadagi tayyorgarlik” holatida ekanligini aytishmoqda.

Qaror bilan davlat va “TPS Avia”ning xususiy aktivlari konsolidatsiyasi e'lon qilinadi. Buning oqibatida davlat Sheremetevo aeroporti ustidan nazorat paketini yo‘qotadi, biroq o‘zining ulushini 30 foizdan kam bo‘lmagan miqdorda saqlab qoladi.

“TPS Avia” kompaniyasi “Gruzovoy kompleks Sheremetevo” MChJ , “Aeroport Moskva” MChJ, “Avtopark-M” MJCh, “MASh reklama” MChJ, “Imperial dyuti fri” OAJ, “Terminal V Sheremetevo” MChJ, “Mejterminalnyy perexod Sheremetevo” MChJ va “Aero-Sheremetevo” MChJga egalik qiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish