Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hynix kompaniyasi Janubiy Koreyada ikkita yangi zavod qurish uchun 26 mlrd dollar sarflaydi
DRAM xotiralari uchun maxsus chiplar ishlab chiqaruvchi Hynix kompaniyasi Janubiy Koreyada ikkita yangi zavod qurish uchun 31 trln von ($25,94 mlrd) mablag‘ ajratadi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar tarqatdi.
Yangi ishlab chiqarish obektlari aynan qaysi turdagi chiplarni ishlab chiqarishi xabar qilinmgan.
Ammo oldinroq berilgan xabarda kompaniya xotira chiplari ishlab chiqarishdan katta miqdorda foyda ko‘rgani ma'lum qilingandi.
Mazkur yangi ishlab chiqarish korxonalarini qurish ishlari 2024 yilda nihoyasiga yetkaziladi.
Hynix yangi zavodlari evaziga asosiy raqobatchilari Samsung, Micron va Toshiba kompaniyalarini ortda qoldirishni rejalashtirmoqda.