Jahon | 14:50 / 26.08.2015
2727
1 daqiqa o‘qiladi

Irlandiyadagi eng asosiy aeroportda ulkan yong‘in boshlandi

Irlandiya poytaxti Dublin shahridagi Xalqaro aeroportda yong‘in chiqdi. Bu haqda aeroportning tvitterdagi akkaunti orqali xabar qilingan.

Ayni vaqtda o‘t o‘chiruvchilar va qutqaruvchilar voqea joyida ish olib borishmoqda. Aeroportdan uchishlarni amalga oshirish to‘xtatilgan. Qabul qilinishi kerak bo‘lgan yo‘nalishlar esa Belfast va Shennon shaharlariga yo‘naltirilgan.

Ma'lum qilinishicha, aeroport hududida o‘t o‘chiruvchilarning 4 guruhi ish olib bormoqda.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, yong‘in tufayli halok bo‘lganlar yoki jarohatlanganlar yo‘q.
Yong‘in chiqqan omborxona yo‘lovchilar uchun ruxsat berilmagan hududda joylashgani aytilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish