Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kambojada 1,5 tonnalik nasha partiyasi musodara qilindi
Kamboja politsiyachilari qahva qutilari ostida yashiringan umumiy og‘irligi 1,5 tonna keluvchi nasha partiyasini musodara qildi. Ushbu giyohvand moddalar miqdori 7 mln dollarga baholanmoqda, deb yozmoqda Bangkok Post nashri.
Huquq-tartibot muassasalari ma'lumotlariga ko‘ra, giyohvand moddalar qo‘shni Laosdan boshqa davlatlarga sotish uchun jo‘natilmoqchi bo‘lgan. Ushbu holat yuzasidan qo‘lga olingan kambojaliklarga umrbod qamoq jazosi berilishi mumin.
Qayd etilishicha, topilgan giyohvand moddalar mamlakatdagi oxirgi 15 yil ichida aniqlangan eng yirik nasha partiyasi bo‘ldi.