12:57 / 26.08.2015
2514

Lui van Gaal "MYu" bilan YeChLni yuta olishiga ishonmoqda

"Manchester Yunayted" klubi bosh murabbiyi Lui van Gaal o‘z jamoasi Yevropa Chempionlar ligasida g‘alaba qozona olishini aytdi.

"Men tarkibida 18-19 yoshli bolalar bo‘lgan "Ayaks" bilan YeChLda g‘alaba qozonganman. O‘shanda qo‘l ostimda Raykard va Danni Blind kabi tajribali futbolchilar ham bo‘lgandi, hozirgi "MYu"ning esa Kerrik va Shvaynshtayger kabi tajribali futbolchilari bor.

"MYu" bilan YeChLning bosh sovrinini qo‘lga kirita olishimga ishonaman. Jamoada yoshlik g‘ayrati bilan tajriba uyg‘unlashgan. Men bunday yosh jamoaga asosiy futbolchilari 27-34 yoshdagi jamoalarda ko‘proq ishonch bildiraman.

Bizda hozir Makneyr va Blekket kabi yosh iqtidorlar bor. Jonston ham AQShdagi turneda o‘zini yaxshi tomonlama ko‘rsatdi. Bizda 25-26 nafar yoshlar va ikki nafar "amaki" (Kerrik va Shvaynshtayger - tahririyat) ham bor. Jamoamiz yaxshi shakllangan.

Aytishim kerakki, hozirgi "Ayaks"ni o‘tgan asrning 90 yillaridagi "Ayaks" bilan solishtirib bo‘lmaydi", - deydi Van Gaal.

Eslatib o‘tamiz, YeChL uchun oxirgi saralash bosqichidan o‘yinlarga qo‘shilgan "MYu" Belgiyaning "Bryugge" jamoasiga raqib bo‘ldi va 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Javob uchrashuvi bugun, Belgiyada bo‘lib o‘tadi.

Top