Iqtisodiyot | 15:20 / 26.08.2015
2789
1 daqiqa o‘qiladi

Malayziya valyutasi kursi oxirgi 17 yil ichidagi eng katta pasayishga uchradi

Malayziyaning milliy valyutasi bo‘lmish ringit kursi oxirgi 17 yil ichidagi eng "chuqur sho‘ng‘ish"ni amalga oshirdi. Ayni vaqtda 4,2 ringit 1 dollarga teng bo‘lib turibdi. Bu haqda mahalliy birjadagi ma'lumotlar darak bergan.

Tahlilchilarning fikricha, ringit kursining pastlashiga neft bahosining pastlashi va mamlakat ichidagi siyosiy vaziyat beqarorlashgani sabab bo‘lmoqda.

The Wall Street Journal gazetasida mamlakat bosh vaziri davlat investitsiya jamg‘armalari bilan aloqador kompaniyalardan 700 mln dollar pul olgani haqida ma'lumotlar nashr etilganidan keyin ichki siyosiy vaziyat murakkablashgan.

Biroz oldinroq, Singapur hukumati malayziyaliklarning davlat jamg‘armalarining hisoblarini muzlatib qo‘yish haqida qaror qabul qilgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish