Microsoft planshetlar uchun sensorli e-ink ekranli klaviaturani taklif qildi
Microsoft Applied Sciences Group korxonasi uzoq yillardan buyon ish stolidan foydalanishni yengillashtirishga qaratilgan kiritish uskunalari ustida ishlamoqda. 2009 yilda sensorli ekranga ega Microsoft Adaptive Keyboard klaviaturasi taklif qilindi. U bir paytning o‘zida ham axborot kiritish, ham ma'lumotlarni ko‘rish imkoniyatini beradi. Ammo bu klaviatura an'naviy personal kompyuterlariga mo‘ljallangan edi. Kompaniya ushbu ishlanmaning boshqa uskunalar, jumladan, planshetlarga mo‘ljallangan modelini yaratdi.
DisplayCover, an'anaviy klavishalardan tashqari, e-ink tipidagi sensorli displey bilan ham ta'minlangan. Bu displey asosiy ekranning davomchisi rolini o‘ynaydi. Ishlanma dinamik manipulyatsiya, imo-ishoralar tizimini qo‘llab-quvvatlaydi, shuningdek, bir qancha ilovadan bir paytda foydalanish imkonini beradi.
Kompaniya mutasaddilarining fikricha, DisplayCover planshetlar va yupqa ekranli kompyuterlarga mos tushadi.