Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston bosh prokurori Ostonaga ShHT vakillarining 13-kengashida ishtirok etish uchun jo‘nab ketdi
27-28 avgust kunlari Bosh prokuror Ixtiyor Abdullayev boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Ostona shahrida bo‘lib o‘tadigan ShHTga a'zo davlatlar bosh prokurorlarining 13-kengashida ishtirok etadi.
Mazkur tadbir 2014 yilning 8 oktabr kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan ShHT bosh prokurorlarining 12-kengashi qarorlariga binoan o‘tkazilmoqda.
Bo‘lajak kengash kun tartibidan kiberjinoyatchilik va internet-makondan huquqqa zid holda foydalanishga, narkotik vositalar va psixotrop moddalarning chegaralardan noqonuniy olib o‘tishga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha ShHTga a'zo davlatlar vakolatli organlari hamkorligining dolzarb jabhalarini mukokama qilish masalalari o‘rin olgan.
Bosh prokurorlar uchrashuvi yakunlari bo‘yicha Kengash protokolini imzolash rejalashtirilmoqda.