15:46 / 26.08.2015
1978

O‘zbekiston TIVda Koreya Respublikasi elchisi qabul qilindi

2015 yilning 26 avgust kunida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida “Koreya Respublikasi – Markaziy Osiyo” hamkorlik Forumi Kotibiyatini tashkil etish bo‘yicha tayyorlov qo‘mitasi raisi, elchi Choy Il Song boshchiligidagi Koreya Respublikasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv chog‘ida “Koreya Respublikasi – Markaziy Osiyo” hamkorlik Forumi doirasidagi o‘zaro munosabatlarning hozirgi holati va istiqbollari, jumladan Forumning bo‘lajak 9-yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari muhokama qilindi.

Top