Jahon | 18:36 / 26.08.2015
2309
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda maktab o‘quvchilari Yagona davlat imtihonini onlayn tarzda topshiradi

Qozog‘iston Respublikasi Ta'lim va fan vaziri Aslan Sarinjipov qozog‘istonlik maktab o‘quvchilari Yagona davlat imtihonini onlayn rejimda topshirishini ma'lum qildi, deya xabar bermoqda IA Novosti-Kazaxstan nashri.

Imtihon jarayonining onlayn muhitda o‘tkazilishi baholash tizimini modernizatsiya qilish shakllaridan biridir, – deydi Sarinjipov.

Brifing chog‘ida vazir gap imtihon o‘tkazish joyining o‘zgarishi haqida ketmayotganini ta'kidlab o‘tdi. Balki bitiruvchilar maxsus markazlarda savollarga javoblarni qog‘ozda emas, kompyuterda belgilashadi.

Vazir, shuningdek, 2015-2016 o‘quv yilida imtihonlar odatdagi tartibda amalga oshirilishini ma'lum qildi.

“Hozirda biz maxsus markazlarning kompyuter bazasi ustida ish olib borayapmiz. Ushbu markazlar zamonaviy, yangi standartlarga mos tarzda jihozlanadi. Biz bosqichma-bosqich qog‘oz shakllardan voz kechib, avvaliga kompyuter, so‘ngra onlayn tartibda imtihonlarni olishni boshlaymiz”, – deydi vazirlikning ta'lim va fan bo‘yicha nazorat qo‘mitasi rahbari Sayat Nyusupov.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish