06:30 / 26.08.2015
4886

Samsung Galaxy S6 smartfoni eng tez quvvatlanuvchi smartfon ekanligi aniqlandi

Samsung Galaxy S6 batareyasi eng qisqa vaqt ichida 100 foizgacha to‘liq quvvatlanadigan smartfon, Asus Zenfone 2 smartfoni esa batareyasi qisqa vaqt ichida eng ko‘p quvvatlanuvchi (15 daqiqada 32 foiz) ekanligi ma'lum bo‘ldi. Bu haqda o‘tkazilgan sinov natijalariga ko‘ra tomsguide.com sayti ma'lum qilmoqda.

Samsung Galaxy S6 smartfonining to‘liq zaryadlanishi uchun eng kam vaqt talab qilinishi (1 soat 22 daqiqa) uning batareyasining kichikroq hajmga (2550 mA-s ga ega, raqiblarida esa 3000 mA-s) egaligi bilan shartlangan. Bu borada 2-o‘rinni 1 soat 36 daqiqa natija bilan LG G4 smartfoni egalladi.

Batareyasi to‘liq quvvatlanishi eng uzoq davom etgan smartfon iPhone 6 bo‘ldi, buning uchun unga 2 soat 35 daqiqa talab qilindi.

Apple smartfoni batareyaning 5, 15, 30 daqiqa va 80 foizgacha to‘lishi bo‘yicha o‘tkazilgan sinovlarda ham oxirgi o‘rinlarni egalladi.

Top