Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 06:41 / 26.08.2015
2884
1 daqiqa o‘qiladi
Tyantszindagi portlashlar qurbonlari soni 135 nafarga yetdi
Xitoyning Tyantszin shahri sanoat hududida bir qator portlashlar oqibatida halok bo‘lganlar soni 135 kishiga yetdi, 38 kishi bedarak yo‘qolgan, deb xabar bermoqda “Sinxua” axborot agentligi.
Halok bo‘lganlar orasida 80 nafar o‘t o‘chiruvchi va 7 nafar politsiyachi bor. 23 nafar o‘t o‘chiruvchi va bir necha nafar politsiyachi badarak yo‘qolgan.
Mutaxassislar vayronalarni bartaraf etish bo‘yicha ish olib bormoqdalar. Vaqtinchalik joylashtirish punktlarida 100 ga yaqin odam qolmoqda.