14:32 / 26.08.2015
3949

Ukraina oltin zaxiralarini kengaytirmoqda

Ukraina Milliy banki 2015 yil yanvar oyida buyon ilk bor mamlakat oltin zaxirasini ko‘paytirdi. Muassasa ikki tonnadan ziyod qimmatbaho metal sotib oldi, deya xabar bermoqda UNIAN.
Ukrainada oltin zaxiralari iyul oyi natijalariga ko‘ra 9,09 foizga o‘sdi. Bu esa oldingi oydagiga nisbatan 2,18 tonna ko‘pni tashkil qiladi.
Shu tariqa, Ukrainadagi oltin zaxiralarining o‘sishi 5,77 mln dollar miqdorida bo‘lib, 912,54 mln dollarga yetdi.
Umumiy hisobda Ukrainada iyud oyida oltin zaxiralari miqdori 1 foizga o‘sdi (112 mln dollar) va 10,4 mlrd dollarlik oltin zaxirasi to‘plandi.

Top