Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Virjiniyada telejurnalistlarni o‘ldirgan qotil o‘z joniga qasd qilgani ma'lum bo‘ldi
Virjiniyada telejurnalistlarni o‘ldirgan shaxs o‘zini ham o‘ldirishga qaror qilgani ma'lum bo‘ldi. Bu haqda mahalliy nashrlarga asoslangan holda Sky News xabar qildi.
Eslatib o‘tamiz, 26 avgust kuni WDBJ7 telekanalining ikki xodimi, 27 yoshli operator Adam Uord va 24 yoshli telemuxbir Elison Parker jonli efir vaqtida otib tashlandi.
Shuningdek, jurnalistga intervyu berayotgan mahalliy amaldorga ham o‘q tegib, u jarohatlangan.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, jurnalistlarni avvalroq WDBJ7telekanalida ular bilan ishlagan Brays Uilyams o‘ldirgan.
Uning bu qaroriga nima sabab bo‘lgani aniq emas.
U o‘z qurbonlarini otishi jarayoni tasvirlangan videolavhani o‘zini o‘ldirishdan oldin tvitteriga joylashtirgan.