Jahon | 11:15 / 26.08.2015
2487
1 daqiqa o‘qiladi

Vladivostok hukumati to‘fon tufayli ichimlik suvi va ozuqa jamlab qo‘yishni tavsiya qildi

Rossiyaning Vladivostok shahrining “Goni” to‘foni oqibatlarini bartaraf etish shtabi shahar aholisiga oziq-ovqat, ichimlik suvi va dori vositalarini g‘amlab olishni tavsiya qilmoqda, deya xabar berdi TASS.

“Aholiga maksimal darajada tayyor turish, har ehtimolga qarshi oziq-ovqat, ichimlik suvi va dori vositalarini g‘amlab olish tavsiya qilindi. Shuningdek, aholidan xavfsizlik qoidalariga rioya qilishni ham iltimos qilamiz”, – dedi Vladivoston meri Igor Pushkarev.

Ma'muriyat aholidan zarurat tug‘ilmagan taqdirda avtotransport vositalarini haydamaslik va mashinalarni daraxt hamda reklama tayanchlari ostiga qo‘ymaslikni tavsiya qilgan.

Avvalroq Yaponiyada “Goni” to‘foni tufayli 200 ming xonadon vakillari evakuatsiya qilingani haqida xabar berilgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish