Jamiyat | 14:38 / 26.08.2015
2846
1 daqiqa o‘qiladi

“O‘ztransgaz” oktabrga qadar O‘zbekiston janubiga 70 ming gaz ballonlari yetkazib beradi

Surxondaryo viloyatida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida “O‘ztransgaz” AJ tomonidan oktabrga qadar aholiga 70 ming gaz ballonlari yetkazib berilishi rejalashtirilgan. Ulardan 50 mingtasi allaqachon iste'molchilarga yetkazilgan. Bu haqda “Pravda Vostoka” gazetasi xabar bermoqda.

“Gaz quvurlarini ta'mirlash va rekonstruksiya qilish bo‘yicha rejali tadbirlar o‘tkazilmoqda, - dedi “Surxondaryogaz” boshqarmasi muhandisi Alisher Sa'dullayev. – Tabiiy gaz ballonlariga suyultirilgan gaz quyuvchi shoxobchalarni quradigan pudrat tashkilotlari aniqlandi. Bu ishlarni “O‘ztransgaz” AJ moliyalashtiradi”.

Aytilishicha, viloyatda bugungi kunda bunday shoxobchalardan 5tasi ishlab turibdi. Bundan tashqari, “Janubgazta'minot” unitar korxonasi JV Man Auto-Uzbekistan qo‘shma korxonasi bilan suyultirilgan gaz tashiydigan 12 avtosisterna, Samarqand avtomobil zavodi bilan esa ballonlar tashiydigan 14 mashinaga shartnoma imzoladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish