10 karra chempion Boltni urib yuborishdi!
Pekinda davom etayotgan yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatining navbatdagi kun dasturidan o‘rin olgan bellashuvda erkaklar o‘rtasida 200 metrga yugurish bo‘yicha poyga o‘tkazildi.
Ushbu bahs kutilganidek, yamaykalik sprinter Useyn Boltning g‘alabasi bilan yakunlandi (19.54 soniya). E'tiborlisi, Bolt uchun bu o‘ninchi chempionlik bo‘ldi. AQSh vakili Jastin Gatlin bu gal ham ikkinchi o‘rinda qolib ketgan bo‘lsa, JAR terma jamoasi a'zosi kuchli uchlikni yakunlab berdi.
Eng qizig‘i, Bolt g‘alabasini muxlislar davrasida nishonlayotgan payt bo‘ldi. Useynni suratga olib kelayotgan tasvirchi atayin qildimi yoki behosdan borib Boltning ortidan urdi va kichik to‘qnashuv natijasida ikkisi ham yiqilib tushdi. Hayriyatki, hek kimga ziyon yetmadi. Voqeadan xafa bo‘lmagan 10 karra chempion g‘alabasini nishonlashda davom etdi.
"I just slipped ref!" http://t.co/cZY9QD1xnP
— Copa90 (@Copa90) 27 avgusta 2015
What a challenge!!! #Beijing2015 #Bolt (via @BreatheSport) pic.twitter.com/LNiGZ2QAYa
— Copa90 (@Copa90) 27 avgusta 2015
Manba: sports.uz