Jahon | 18:04 / 27.08.2015
3160
2 daqiqa o‘qiladi

2018 yilga kelib Qozog‘istonda avtomobilsozlikning lokalizatsiyasi 50 foizni tashkil qiladi

Qozog‘istonlik avtomobilsozlarga 2018 yilga qadar lokalizatsiya darajasini 50 foizga yetkazish vazifasi qo‘yildi. Bu haqda prezident huzuridagi markaziy kommunikatsiyalar xizmati sayti orqali xabar qilindi.

“Kazavtobiznes” uyushmasi prezidenti Andrey Lavrentevning ta'kidlashicha, Qozog‘iston avtosanoati allaqachon mashinalarni quruq yig‘ish bosqichidan o‘tib bo‘ldi.
Bundan tashqari, ilgariroq xabar qilinganidek, u Qozog‘istonda avtomobilsozlikning rivojlanishi milliy brendning yaratilishiga olib keladi, ammo hozircha mamlakat bunga tayyor emasligini ta'kidladi.

“Xorijiy brendlar ostida avtomobillar ishlab chiqarish bilan to‘xtab qolmasligimiz kerak. Bu bugungi kunimizning asosiy masalasidir. Avtomobil sanoatimizning rivojlanishi oxir-oqibat milliy brendning yaratilishiga olib kelishi kerak, - dedi u. - Hozircha biz bunga tayyor emasmiz, malaka yo‘q, texnologiyalarni rivojlantirish markazi yo‘q, sertifikatsion baza yo‘q. 2020 yilga qadar biz malaka to‘plab olishimiz, muhandislar maktabini yaratishimiz, institutlar va sinov laboratoriyalarini yaratishimiz, transmilliy kompaniyalar bilan qo‘shma korxonalar qurishimiz kerak. Mana shundagina milliy brend ishlanmalariga o‘tishimiz mumkin”.