Jahon | 07:50 / 27.08.2015
3304
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh sudi “koloradolik mergan”ga umrbod qamoq jazosi tayinladi

26 avgustda AQSh sudi 2012 yilda Kolorado shtatidagi Avrora shahrida joylashgan kinoteatrlardan birida kinoteatrga tashrif buyurganlarni ommaviy ravishda otib tashlagan 27 yoshli Jyeyms Xolmsni ozodlikka chiqish huquqidan mahrum etilgan holda umrbod qamoq jazosiga tortdi. Ushbu ish bo‘yicha yakuniy hukmni Avrora shahri sudi hakami Kichik Karlos Semur chiqardi.

Bundan avval 12 kishidan iborat sud maslahatchilari hay'ati Xolmsga umrbod qamoq jazosi hukmini chiqargan, biroq qonunga ko‘ra bu hukm hakam tomonidan rasman ma'qullanishi kerak bo‘lgan. Avgust boshida sud maslahatchilari hukm chiqarishda yagona qarorga kelisha olmagach, avtomatik ravishda jinoyatchiga umrbod qamoq jazosi tayinlangan.

Xolms 2012 yil 20 iyulda miltiq va ikkita to‘pponcha bilan qurollangan holda kinoteatrga seans paytida kirib, ko‘zni yoshlantiruvchi gaz purkab, so‘ngra tomoshabinlarga qarata o‘q uza boshlagan. Uning bu jinoyati oqibatida 12 kishi halok bo‘lgan, 70 kishi yaralangan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish