Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Arturo Vidal: Jamoalarning futbolchilar uchun haddan tashqari yuqori narxlar taklif qilmoqda
"Bavariya" jamoasining chililik yarim himoyachisi Arturo Vidal bugunga kelib klublar futbolchilarning transferlari uchun haddan tashqari ko‘p pul sarflayotgani haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, zamonaviy futbolchilar keragidan ortiq yuqori baholanmoqda.
"Menga shunday tuyulmoqdaki, hozirgi kundagi transfer narxlari hech bir mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi", deydi Vidal ADN nashriga bergan intervyusida.
"Klublar futbolchilar uchun shunday katta mayulag‘lar to‘lashyaptiki, xuddiki bu futbolchilar har o‘yinda kamida 3-4 ta gol urishi kerakdek. Futbolchilarning narxi arzonroq bo‘lishi kerak, chunki har doim o‘sha yuqori baholangan futbolchidan arzonroq, lekin yaxshiroq o‘ynaydigan o‘yinchi topiladi", deb o‘z fikrlarini davom ettradi Arturo Vidal.
Qayd etish joizki, Vidalning o‘zi shu yilning yozida 40 million yevro evaziga «Yuventus»dan «Bavariya»ga o‘tgandi.