Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Astana» YeChL guruh bosqichiga chiqqani uchun 13 million yevro oladi
Qozog‘istondagi Vesti.kz internet nashri "Astana" klubi YeChL guruh bosqichiga chiqqach, qancha daromad olganini hisoblab chiqdi.
Unga ko‘ra, qozog‘istonliklar YeChL saralashining ikki bosqichidan o‘tgani uchun 700 ming yevro oladi. Garchi pley-off bosqichi uchun mukofot puli ko‘zda tutilmagan bo‘lsa-da, "Astana" guruh bosqichida ishtirok etish orqali avtomatik tarzda 12 million yevrolik daromadni naqd qilib qo‘ydi.
Ta'kidlab o‘tish lozim, "Astana" bu daromadni yanada oshirishi mumkin. Chempionlar ligasi guruh bosqichidagi bitta g‘alaba uchun 1,5 million yevro mukofot ko‘zda tutilgan. Durang uchun esa 500 ming yevro beriladi. Qolaversa, "Astana" YeChL guruh bosqichi ishtirokchisi sifatida marketing huquqidan ham o‘z ulushiga ega bo‘ladi. Translyatsiyalar savdosidan kelib chiqib, jamoaga ma'lum foiz beriladi.
Eslatib o‘tamiz, UYeFA faqat mavsum yakuniga yetgach, jamoalar ishlab topgan pulni taqsimlaydi va hisob-raqamlariga o‘tkazadi. Demak, "Astana" o‘z pulini 2016 yilning yozida qo‘lga kiritishi mumkin.
Ta'kidlab o‘tish lozim, "Astana" - Qozog‘iston futboli tarixida ilk bora Chempionlar ligasi guruh bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.