Jahon | 23:41 / 27.08.2015
4004
1 daqiqa o‘qiladi
Avstriya politsiyasi Avstriya chegarasini kesib o‘tish paytida 50 muhojir allaqachon o‘lik bo‘lganini ta'kidlamoqda
Avstriya politsiyasi avtomagistrallardan birining chetida qoldirilgan yuk mashinasi ichidan topilgan 50 muhojirning jasadi bir necha kundan beri o‘lik bo‘lgani mumkinligini ta'kidlamoqda. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma'lum qildi.
Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, odamlarning o‘limi ularning aniqlanishidan kamida bir sutkadan avval ro‘y bergan bo‘lishi mumkin. Bu paytda yuk mashinasi Avstriyadan tashqarida bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
“Ko‘p dalillar chegarani kesib o‘tish paytida odamlar allaqachon o‘lik bo‘lganlarini ko‘rsatmoqda”, deb aytdi politsiya vakili.
Bundan avval Avstriyada ichida 50 nafar o‘lik muhojir bo‘lgan yuk mashinasi topilgani ma'lum qilingandi. Mashina Vengriya davlat raqamlariga ega bo‘lgan.