Birinchi raqamli tennischi Jokovich YUNISEF ko‘ngilli elchisi bo‘ldi
Erkak tennischilar o‘rtasida 1-raqamli tennischi, serbiyalik Novak Jokovich BMT Bolalar jamg‘armasi YUNISEFning ko‘ngilli elchisi bo‘ldi. Uning elchi qilib tayinlanishi marosimi 26 avgustda jamg‘armaning qarorgohida bo‘lib o‘tdi. YUNISEF direktori o‘rinbosari Yoka Brandtning aytishicha, “Novak Jokovich – dunyo bolalari uchun haqiqiy chempion”. “U kuchli ovoz va qat'iy amallar bolalar hayotini, ayniqsa erta yoshda o‘zgartirishi mumkinligini ko‘rsatdi”, deyilmoqda tashkilotning matbuot bayonotida.
Jokovich 2011 yildan beri Serbiyaning YUNISEFdagi elchisi hisoblanadi. U bolalarni qo‘llab-quvvatlash bilan shug‘ullanib keladi va bolalarning ta'lim olishlariga katta e'tibor qaratadi.
28 yoshli tennischi “Katta dubulg‘a” seriyasiga kiruvchi musobaqalarning bir necha karra chempioni va ayni paytda jahonning 1-raqamli tennischisi hisoblanadi.