Texnologiya | 11:03 / 27.08.2015
3229
1 daqiqa o‘qiladi

Boeing: 2034 yilga kelib XXR harbiy flotida 7210 samolyot bo‘ladi

Boeing kompaniyasining bayonotiga ko‘ra, Xitoy aviatsion sanoati moliya bozoridagi qiyinchiliklardan muvaffaqiyat bilan o‘tib, keyingi yigirma yilda tijoriy havo floti hajmini uch barobarga ko‘paytiradi.

Taxminlarga ko‘ra, 2034 yilga kelib XXR harbiy flotidagi samolyotlar soni 7210ga yetadi. O‘tgan yili bu son 2 570ga teng edi.
Xitoyda yana 6330 samolyotga talab bo‘lib, ularning umumiy xarajati 950 mlrd dollarni tashkil qiladi.

Boeing prezidentining marketing bo‘yicha o‘rinbosari Rendi Tinsezning ta'kidlashicha, uzoq istiqbolda kompaniya uchun Xitoy eng asosiy bozorlardan biri bo‘ladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish