Jamiyat | 08:26 / 27.08.2015
3413
2 daqiqa o‘qiladi

Amerikalik muxbir kichkina shahzoda Jorjning kiyimiga o‘xshash kiyimlarda bir hafta yurishga qaror qildi

Amerikalik muxbir Maks Noblox antiqa tajriba o‘tkazdi. U bir hafta davomida Buyuk Britaniya qirolichasining ikki yoshli evarasi, shahzoda Uilyamning to‘ng‘ich farzandi Jorjning kiyimiga o‘xshash kiyimlarda ko‘chalar bo‘ylab sayr qilish va bunga yon-atrofdagilarning munosabatini bilishga qaror qildi.

23 yoshli jurnalist Jorj kiyimlarining kattaroq o‘lchamdagi nusxalariga buyurtma berdi, deb xabar bermoqda Metro nashri.

Shundan keyin jurnalist Nyu-York ko‘chalari bo‘ylab shahzoda Jorjning kiyimiga o‘xshash kiyimda yurib, yon-atrofdagilarning bunga munosabatini bilmoqchi bo‘ldi. Biroq qirollik oilasi vakilining kiyimini kiyib olgan bunday alfozdagi jurnalist yon atrodagilarni unchalik ham ajablantirmadi.

“Faqatgina bir marta mendan nima uchun men yozning issiq kunida bunday issiq kiyinib olganimni so‘rashdi”, deb aytdi Noblox.

Noblox ushbu tajribasi haqida qisqa syujyet ishlab, o‘zining kalta shortiklarda va Disney multqahramonlari tasvirlangan sviterda sayr qilib yurganini videoga muhrladi.

Jurnalistning aytishicha, bolakay Jorj GQ jurnali talqini bo‘yicha dunyoning eng xushsurat kiyinadigan erkaklari qatoriga kiritilganidan xabardor bo‘lgach, shunday ko‘rinishda yurishga qaror qilgan.