Yevropa Chempionlar ligasining yangi mavsumiga qur'a tashlandi
Bugun Monako shahridagi Grimaldi Forum anjumanlar saroyida Yevropa Chempionlar ligasi musobaqasining 2015/2016 yillar mavsumi uchun qur'a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Dastlab, bu bosqichga yetib kelgan 32ta jamoa nomlari yozilgan sharlar oltitadan 4ta savatchaga joylashtirildi va yakunda sakkizta guruhni hosil qilishdi.
Marosimda dastlab odatdagidek UYeFA bosh kotibi Janni Infantino so‘zga chiqdi va qoidalar bilan tanishtirdi.
Qayd etish kerakki, yangi qoidaga ko‘ra yangi mavsumda o‘tgan yili Yevropa ligasi g‘olibi bo‘lgan "Sevilya" ham YeChLda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etadi. Bu orqali guruh bosqichida ispan jamoalari soni 5taga yetgan ("Barselona", "Real", "Atletiko", "Valensiya" va "Sevilya"). Shuningdek, Rossiya va Ukraina jamoalari bitta guruhdan joy olmaydi.
Savatchalardagi sharchalarni "Milan" va "Inter" afsonalari Paola Maldini hamda Xaver Zanetti tortib, guruhlarning qay ko‘rinishda shakllanishida ishtirok etishdi.
Guruh bosqichining dastlabki turi 15-16 sentabr kunlari, oxirgi tur o‘yinlari esa 8-9 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Qur'a natijalari bilan tanishing:
"A" guruhi - PSJ, «Real», «Shaxtyor», «Malme».
"B" guruhi - PSV, «Manchester Yunayted», TsSKA, «Volfsburg»
"C" guruhi - «Benfika», «Atletiko», «Galatasaroy», «Astana».
"D" guruhi - «Yuventus», «Manchester Siti», «Sevilya», «Borussiya» (Menxengladbax).
"E" guruhi - «Barselona», «Bayyer», «Roma», BATE
"F" guruhi - «Bavariya», «Arsenal», «Olimpiakos», «Dinamo» (Zagreb)
"G" guruhi - «Chelsi», «Portu», «Dinamo» (Kiyev), «Makkabi»
"H" guruhi - «Zenit», «Valensiya», «Lion», «Gent»
Final o‘yini 2016 yilning 26 may kuni Milandagi «Djuzeppe Meatstsa» o‘yingohida o‘tkaziladi.