Texnologiya | 18:04 / 27.08.2015
3686
1 daqiqa o‘qiladi

iPhone va iPad’da Force Touch texnologiyasi paydo bo‘ladi

iOS dasturchilaridan biri Xamza Sud Twitter’dagi sahifasida Apple’ning yangi avlod mahsulotlarida Force Touch texnologiyasining paydo bo‘lishi haqidagi mishmishlarni tasdiqladi. Uning so‘zlariga qaraganda, mobil tizim yangi versiyasining kodida Force Touch ishi uchun javobgar buyruqlar bor.

Shu asosda u yaqin orada iPhone va iPad’ga Force Touch texnologiyasi joriy qilinishini aytmoqda.

Ushbu texnologiya ekranni bosish kuchini o‘lchaydi, bu bir qator yangi funksiyalar qo‘shish, jumladan, rasmlar yoki fayllarni o‘tkazish tezligini ekranni bosish kuchiga qarab o‘zgartish imkonini beradi. Bu texnologiya ilk bor Macbook 12da, so‘ng Macbook Pro 13da, shuningdek, Apple Watch “aqlli” soatlarida ishlatildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish