O‘zbekiston | 18:31 / 27.08.2015
6041
2 daqiqa o‘qiladi

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi ish kunining o‘zgarganiga oydinlik kiritdi

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi shanba, 29 avgust dam olish kunining dushanba, 31 avgustga o‘tkazilishi bo‘yicha kiritilgan normaga oydinlik kiritdi.

Vazirlikning "Gazeta.uz" nashriga bergan xabariga ko‘ra, olti kunlik ish haftasiga ega ishchi xodimlar uchun 2015 yil avgust oyida o‘rnatilgan ish vaqti o‘z holicha qoladi.

Haftasiga besh kun ishlaydigan (shanba va yakshanba dam olish kuni bo‘lgan) xodimlar uchun avgust oyida ish vaqti miqdori 1 soatga uzaytiriladi. Shanba, 29 avgust ish kuni deb e'lon qilinishi munosabati bilan Mehnat kodeksining 121-moddasi ta'sir kuchini yo‘qotadi. Ya'ni, ushbu moddaga muvofiq, 29 avgust kuni bayram arafasi bo‘lmagani sababli kundalik ish (smena) muddati barcha xodimlar uchun kamida bir soatga qisqartirishi holati qo‘llanilmaydi.

Mos ravishda, joriy yil uchinchi choragi, o‘n oylik, ikkinchi yarimyillik va 2015 yil uchun to‘liq hisobda ish muddati 1 soatga o‘zgaradi.