Sport | 15:37 / 27.08.2015
5543
7 daqiqa o‘qiladi

Messi, Ronaldu va Suares. Kim UYeFAning yil o‘yinchisi bo‘ladi?

Krishtianu, so‘ng 4 marotaba Messi, keyin yana 2 marotaba Ronaldu. Mana sakkiz yildirki “Oltin to‘p”ni mana shu ikki superyulduz bo‘lishib olmoqda.

Xavi? Inesta? Riberi? Noyyer? Kechirasizlar yigitlar sizlarga mashhurlik va ko‘plab gollar yetishmaydi. Aqlbovarqilmas seyvlar, mohirona to‘p uzatishlar yoki qanotdan chaqmoqdek yugurib o‘tish bularning barchasi faqat Tsyurixga borish va Krishtianu hamda Leoning oldida smoking kiyib turishga yetarli xolos.

Monakodagi tadbirda esa Yevropaning yil o‘yinchisi aniqlanadi. Bu umuman boshqa tarix. U yerda g‘olibni o‘xshashlikdan charchagan 54 nafar jurnalist aniqlaydi. Shu paytgacha sovrin to‘rt marotaba topshirilgan bo‘lsa, sovrinni to‘rt xil futbolchi olgan. Lekin bu an'ana bu yil buzilishi mumkin. Nima uchun? Javobini pastda ko‘rib chiqamiz.

Lionel Messi

O‘tgan kuz shuni ko‘rsattiki, Krishtianu Ronaldu – sport zalida va maydondagi tinimsiz mashqlar natijasida rivojlanib boruvchi futbolchidir, Messi esa haqiqiy iqtidor egasi, u oddiy jismoniy ko‘rsatkichlarga ega futbolchi. Taxminan bir yil avval juranalist va biograf Gilem Balage Leonel haqida: Messi tezligini yo‘qotmoqda va endi u raqiblarini 2012 yildagidek jazolay olmaydi, deb o‘z fikrlarini bildirib o‘tgandi. Balagening so‘zlariga ko‘ra, 2014 yilning avgustida Messining o‘zi yangi murabbiy Luis Enrikedan uni “hujum ortiga” qo‘yishni so‘ragan. Qaysiki Neymar va Suaresga assisentlik qilish qulay bo‘lishi uchun.

Keyinchalik ma'lum bo‘lishicha, Messining tezligi pasayishiga yoshi o‘tib boryotgani emas, balki ortiqcha vazni sabab bo‘lgan ekan. Matbuotda chiqqan ma'lumotlarga ko‘ra, “Barsa” yetakchisi har o‘yindan so‘ng u o‘z kuchini pitssa va gazlangan ichimlik orqali tiklar ekan. Buning natijasida unda ortiqcha yog‘ qatlamlari paydo bo‘lgan. Kuzning so‘ngida Messi diyetolog maslahati asosida shug‘ullana boshlagan. Bu tez orada o‘z natijasini ko‘rsatib, Leo 3.5 kilogramm vazn tashladi. Va o‘zining yuqori darajasiga qaytdi.

Hozirda Messi Yevropaning eng yaxshi o‘yinchisi nominatsiyasida yetakchi. U “Barselona” bilan bu yil 4 ta sovrin yutib oldi. 2015 yilda “Gol+golli uzatma”(39+21) tizimida 60 ball yig‘ishga muvaffaq bo‘ldi. To‘g‘ri bu 2012 yilda qayd etgan rekord natijasichalik emas (o‘shanda Leo 26 agustgacha 57ta, yil oxirigacha 91ta gol muallifi bo‘lgan edi). Lekin Messi hozir o‘z o‘yin falsafasini o‘zgartirgan. Avval u to‘p uzatmalarini qabul qilib, hujumni yakunlagan bo‘lsa, hozirda ko‘proq hujumdagi sheriklarini to‘p bilan taminlamoqda. Bu orqali u jamoasiga yana ham ko‘proq foyda keltirmoqda.

Bu natijlardan ko‘rinib turibdiki, Messi Yevropaning yil o‘yinchisi nomini ikki marta qo‘lga kiritgan birinchi futbolchi bo‘lishga yaqin turibdi.

Luis Suares

2014 yilning yozi urugvaylik hujumchi uchun burilish nuqtasi bo‘ldi. U avval jahon chempionatida jarohatiga qaramay maydonga tushib, Angliyani mag‘lub etishda o‘zining katta hissasini qo‘shib, qahramon bo‘lgan, so‘ng Jorjio Kellinini tishlab, quvg‘in maqomini olgandi. Bu harakati sababli Suares oktabrning o‘rtasigacha maydonga tushishdan mahrum qilindi. Maydonga qaytgach,  u bir oyni jismoniy holatini tiklash va kataloniyaliklarning o‘yin falsafasini tushunish uchun sarfladi. Luis “Barselonada”gi ilk golini urishi uchun 6ta o‘yin o‘tkazishiga to‘g‘ri keldi.

2014 yilning kuzini hisobga olmaganda Suares mavsumni ajoyib o‘tkazdi. Klasiko va Chempionlar Ligasi final o‘yinlarida g‘alaba to‘pini kiritdi, to‘rtta yangi sovrin, “gol+golli uzatma” tizimida 41 ochko (Yevropada 3 ko‘rsatkich), Messi bilan o‘zaro tushunish va “Barsa”da o‘z o‘rniga ega bo‘lish. Yana boshqa nimani orzu qilish mumkin? Ha aytgancha, yana Neymar va Messi bilan tajovvuzkor trioni hosil qilish. Bu trio o‘tgan mavsumda nimalar qilib tashlaganidan xabaringiz bor albatta. Hozirda Suares bir tomondan kataloniyaliklar o‘yinida Messining ta'sirini kamaytiruvchi va boshqa tomondan Luis Enrikening o‘yin falsafasiga eng mos tushuvchi futbolchidir.

Balki Suaresning bu natijalari bir xillikni yomon kuruvchi yevropalik jurnalistlarning uni yil o‘yinchisi deb topishlariga sabab bo‘lar.

Krishtianu Ronaldu

17 mayda “Barselona” “Atletiko”ga qarshi o‘yindan so‘ng chempionligini nishonladi. Bunga parallel ravishda “Real” “Espanol”ga qarshi o‘ynadi, o‘yinning eng yaxshi o‘yinchisi Ronaldu bo‘ldi. U o‘yinda xet-rik qayd etdi. O‘yindan so‘ng Krishtianu baxtli ko‘rinardi, yuzidan tabbassum arimasdi va hatto o‘yin to‘pini estalik uchun olib qo‘ydi. Chunki u to‘purarlik poygasida raqibi Messidan o‘tib ketgandi.

Qish va bahor Ronaldu uchun kuzga qaraganda omadsizroq kechdi.

Monakoda Krishtianuning sovrin olish imkoniyati juda past desak adashmaymiz. Birinchidan, Ronaldu butun mavsumda jamoa bilan bitta sovrin yutdi, klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatidagi g‘alabasi. Ikkinchidan, sovrin topshirish vaqtida UYeFA prezidenti Mishel Platiniga qo‘l berishni istamadi. Uchinchidan, barcha sa'y-harakatlarga qaramasdan Krishtianu natijalar borasida argentinalik raqobatchisidan orqada. 2015 yilda portugaliyalikning “gol+golli uzatma” tizimida yig‘gan ochkosi 42 ball (Leodan 18 ball kam).

Shuning uchun ham Monakoda Krishtianuning ikki yillik  hukmronligi  yakuniga yetib, taxt Lionel Messiga qaytishi mumkin.

Buni albatta Monakodagi taqdirlash marosimidan so‘ng bilib olamiz. 

Manba: Koptok.uz

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish