Sport | 18:07 / 27.08.2015
7578
2 daqiqa o‘qiladi

Messi tomonidan «Bavariya» darvozasiga urilgan gol yevromavsumning eng chiroyli goli deb topildi

Kataloniyaning «Barselona» klubi hujumchisi Lionel Messi tomonidan Yevropa chempionlar ligasining yarim final doirasida «Bavariya» darvozasiga urgan goli o‘tgan yevromavsumning eng chiroyli goli deb topildi. Bu haqda UYeFA rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Tashkilot rasmiy saytida o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, Messining goli eng ko‘p ovoz to‘pladi. Qatnashchilarning 39 foizi Messi tomonidan kiritilgan golni eng chiroylisi deb topishdi.

So‘rovda ikkinchi o‘rin (24 foiz ovoz) Krishtianu Ronaldu tomonidan YeChL guruh bosqichi doirasida «Liverpul» darvozasiga kiritilgan golga nasib qilgan bo‘lsa, kuchli uchlikni «Arsenal» yarimhimoyachisi Aaron Remzi tomonidan «Galatasaroy» darvozasiga kiritilgan gol (9 foiz) yakunlab berdi.

Kuchli o‘nlik quyidagicha ko‘rinish oldi

4. Neymar (7 foiz, «Barselona» - «PSJ» uchrashuvida kiritgan goli)

5. Erik Lamela (5 foiz, «Tottenhem» - «Asteras» davrozasiga urgan goli)


6. Vasil Kobin (4 foiz, «Metallist» (Ukraina), YeL doirasida «Legiya» (Polsha) davrozasiga urgan goli)

7. Kevin de Bryuyne (4 foiz, «Volfsburg», YeL doirasidagi «Lill»ga qarshi uchrashuvda kiritgan goli)

8. Antunesh (3 foiz, «Dinamo» Kiyev, YeL doirasida «Everton»ga urgan goli)

9. Robbi Mirxid (3 foiz, Shotlandiya U-19, Norvegiya U-19 darvozasiga urgan goli)

10. Abdulayi To‘luba (2 foiz, Belgiya U-17 ayollar terma jamoasi, Uels U-17 ayollar terma jamoasiga kiritgan goli)