Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: AQShda jurnalistlarni o‘ldirgan qotil shifoxonada joni uzildi
AQShning Virginiya shtatida ikki nafar jurnalistni otib tashlagan WDBJ telekanalining sobiq xodimi Vester Flenagan o‘z joniga suiqasd qilgandan so‘ng shifoxonaga yotqazilgandan keyin joni uzildi, deb Virginiya shtati ma'muriyati vakiliga iqtibos keltirgan holda yozmoqda Washington Post nashri.
Flenagan 26 avgust kuni Virginiya shtatining Monita shahrida reportaj suratga olayotgan o‘zining sobiq hamkasblarini otib tashlagan. Muxbir Elison Parker va operator Adam Uord olingan jarohatlardan voqea joyida halok bo‘ldilar.
Bundan avval ma'lum qilinganidek, Flenagan politsiya tomonidan taqib qilinayotganda shtatlararo I-66 trassasida o‘z joniga qasd qilish maqsadida o‘ziga to‘pponchadan o‘q uzgan. Qotil og‘ir ahvolda shifoxonaga yetkazilgan edi.