Jahon | 06:27 / 27.08.2015
2968
1 daqiqa o‘qiladi

Obama Si Tszinpin bilan uchrashuv paytida xakerlik hujumlarini muhokama qilmoqchi

AQSh prezidenti Barak Obama sentabrda Xitoy raisi Si Tszinpin bilan uchrashuvi paytida Xitoyning kiberhududdagi harakatlaridan tashvishlanayotganini bildirmoqchi. Bu haqda matbuot-anjumanida Oq uy matbuot kotibi Josh Ernest aytib o‘tdi.

“Prezident avvalgi uchrashuvlardagi kabi bu gal ham xitoylik hamkasbi bilan Xitoyning kiberhududdagi harakatlarini muhokama qilmoqchi”, deb aytdi Ernest.

AQSh bir necha bor xitoylik xakerlarning AQSh davlat muassasalari, jumladan, AQSh xodimlar boshqarmasi kompyuter tizimlarini buzishga urinishda ayblagan. Bu hujumlar natijasida xakerlar 25 mlndan ko‘proq odam, jumladan sobiq va amaldagi davlat xizmatchilari haqidagi ma'lumotlarni qo‘lga kiritishgan.