Oliy liga 20-turida 8ta o‘yindan 5tasida 2:1 hisobi qayd etildi
25 avgust kuni "Sho‘rtan" va "Paxtakor" o‘rtasidagi o‘yin bilan boshlangan Oliy liganing 20-turi 26 avgust kuni davom ettirildi. Shu kuni O‘zbekistonning 7ta shahrida o‘yinlar o‘tkazildi.
Seshanba kuni G‘uzorda "Paxtakor" 1:1 hisobidagi durang qayd etgan, ushbu uchrashuvning qo‘shimcha daqiqalarida mezbonlar darvozasiga belgilangan 11 metrli jarima zarbasini Stanislav Andreyev golga aylantira olmagandi.
Bu durangdan keyin toshkentliklar hisobidagi ochkolar soni 51ta va ular g‘amon peshqadamlik qilishda davom etishmoqda. "Sho‘rtan" esa 10-o‘rinda qolmoqda.
"Sho‘rtan" - "Paxtakor" - 1:1
Gollar: Qorayev, 55 — Oroxovats, 69
"Sho‘rtan": Abdulov, Qorayev, Boymatov, Stanoyevich, Sharipov, Eshmurodov, Mamadaliyev, Jo‘rayev, Kamolov, Taran, Polvonov
"Paxtakor": Lobanov, Merzlyakov, Krimets, Oraxovats, Hoshimov, Ismatullayev, Sohibov, Andreyev, Kozak, Masharipov, Sergeyev.
Bugun dastlab, Namanganda mahalliy "Navbahor" jamoasiga qarshi o‘yinda “Bunyodkor” Sato Minorining 88-daqiqadagi yagona goli evaziga muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdi. Endilikda "qaldirg‘ochlar" 41 ochko bilan 4-o‘ringa joylashgan. To‘qqizinchi o‘rindagi "Navbahor" hisobida esa 25 ochko mavjud.
“Navbahor” – “Bunyodkor” 0:1
Gol: M.Sato (88)
"Navbahor": 87. Akmal Ortiqov, 2. Alisher Samatov, 5. Rahmatillo Berdimurodov, 7. San'at Shixov, 8. Azim Ahmedov, 11. Otabek Valijonov,20. Ulug‘bek Baqoyev, 23. G‘ayrat Jo‘rayev, 70. Alibobo Rahmatullayev.
"Bunyodkor": 25. Murod Zuhurov, 2. Akmal Shorahmedov, 4. Xayrullo Karimov (S), 5. Dilshod Jo‘rayev, 7. Shakir Zuagi,9. Minori Sato, 12. Ivan Miloshevich, 14. Vohid Shodiyev, 48. Akram Komilov, 77. Viktor Karpenko, 88. Anvar Rajabov.
“Olmaliq” Qo‘qondan Nemanya Yovanovichning goli evaziga g‘alaba bilan qaytdi. Igor Shkvirin shogirdlari 34 ochko bilan turnir jadvalining 6-o‘rnida bormoqda. O‘tgan turda "Andijon"ni mag‘lub etgan "Qo‘qon-1912" esa 13-o‘rinda qoldi.
“Qo‘qon-1912” – “Olmaliq” 0:1
Gol: Yovanovich (62).
Qayd etish joizki, turning qolgan 5 uchrashuvida muxlislar jamoalardan birining 2:1 hisobida g‘alaba qozonishiga guvoh bo‘lishdi.
Bekoboddagi uchrashuvda Rahmatov va Abdurahmonovning gollari “So‘g‘diyona”ga g‘alaba keltirdi. “Metallurg” tarkibida No‘'monov javob goliga mualliflik qildi.
“Metallurg” ayni damda 26 ochko bilan turnir jadvali ekvatorida joylashgan. "So‘g‘diyona" esa bu kutilmagan g‘alaba evaziga ochkolari sonini 19taga yetkazib, 15 o‘rindan 12 o‘ringa ko‘tarildi.
“Metallurg” – “So‘g‘diyona” 1:2
Gollar: A.No‘'monov (16) - S.Rahmatov (2), A.Abdurahmonov (77)
Shuningdek, “Buxoro” o‘z maydonida “Andijon”ni qabul qildi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Bu ikki jamoa oxirgi ikki o‘rinda yonma-yon joylashgan.
“Buxoro” – “Andijon” 2:1
Gol: S.Ne'matov (13), A.Sanoyev (42) - A.Berdiyev (19)
Chempionat favoritlaridan biri “Nasaf” “Qizilqum” maydoniga safar uyushtirib, navbatdagi uch ochkoni qo‘lga kiritdi. Azamat Allaniyozov va Artur Gevorkyan qarshiliklar safidagi gollarga mualliflik qilishdi. “Qizilqum” safida esa javob goli Alisher Xoliqov hisobiga yozildi.
"Nasaf" bu g‘alabadan keyin 45 ochko bilan kuchli uchlikni yakunlab turibdi. "Qizilqum" esa 11 o‘ringa tushib ketgan - 24 ochko.
“Qizilqum” – “Nasaf” 1:2
Gol: A.Xoliqov (87) - A.Allaniyozov (45), A.Gevorkyan (59)
Toshentning uchinchi jamoasi “Lokomotiv” o‘z maydonida “Dinamo” bilan kuch sinashdi. Temur Kapadze va Sanjar Shoahmedovning gollari “temiryo‘lchilar”ga g‘alaba keltirdi.
Vadim Abramov shogirdlari 49 ochko bilan "Paxtakor"ni ta'qib etishda davom etadi. "Dinamo" 15 ochko bilan 14 o‘rinda.
“Lokomotiv” – “Dinamo” 2:1
Gol: T.Kapadze (50), S.Shoahmedov (54) - K.Murzoyev (pen. 85)
Farg‘onaning "Neftchi" jamoasi bu turda ham mag‘lubiyatga uchradi. "Ma'shal" bu jamoani 2:1 hisobida yengib o‘z ahvolini yaxshilashga erishgan bo‘lsa (25 ochko, 8-o‘rin), 5-o‘rindagi farg‘onaliklar hisobidagi ochkolar soni 36taligicha qoldi.
“Mash'al” – “Neftchi” 2:1
Gol: S.Hamroyev (45), H.Murtazoyev (46) - Sh.Hakimov (30)