O‘zbekiston | 16:14 / 27.08.2015
4952
1 daqiqa o‘qiladi
O‘rtachirchiqda yana valyutafurushlarga qarshi reyd o‘tkazildi
SVOJJDLQK departamentining noqonuniy valyuta oldi-sotdisiga qarshi reydlari davom etmoqda.
Jumladan, departamentning O‘rtachirchiq tuman bo‘limi boshlig‘i Karim Baymatovning ma'lumot berishicha, tuman markazida o‘tkazilgan tadbirda fuqarolar Mirshod To‘lanov va Mansur Mamirovlar noqonuniy valyuta savdosi bilan shug‘ullanayotgani aniqlandi.
Ular huddudagi Qumovul mahallasida yashovchi Narimon Pardayevga 7 400 dollarni 21.5 mln so‘mga sotayotganida qo‘lga olindi. Tekshiruv jarayonida ularning mashinalaridan 2 800 dollar va 8 mln so‘m naqd pul chiqdi.