Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Prezidenti huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini mukofotladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 27 avgust kuni “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining yigirma to‘rt yilligi munosabati bilan huquqni muhofaza qilish organlari, mudofaa va favqulodda vaziyatlar vazirliklari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmonga imzo chekdi, deya xabar bermoqda O‘zA.
Farmonga muvofiq, 5 nafar fuqaro “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yurist”, 1 fuqaro “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi”, 1 fuqaro “Mehnat shuhrati”, 5 fuqaro II darajali “Shon-sharaf”, 7 fuqaro “Do‘stlik”, 7 fuqaro “Mardlik” ordenlari, 38 fuqaro “Jasorat”, 38 fuqaro “Sodiq xizmatlari uchun” va 48 fuqaro “Shuhrat” medallari bilan taqdirlandi.