Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston suv ta'minoti sohasidagi loyihalarga 740 mln jalb etadi
Mamlakatimizda uchta xalqaro kredit tashkilotining umumiy qiymati 740 mln dollar bo‘lgan mablag‘lari hisobiga suv ta'minoti sohasida uchta yirik loyiha amal oshiriladi.
Birinchisi Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi “Amu-Buxoro irrigatsiya tizimini reabilitatsiya qilish” loyihasi bo‘lib, unga 284,46 million dollar yo‘naltiriladi. “Janubiy Qoraqalpog‘istonda suv resurslarini boshqarishni yaxshilash” — Jahon bankining 337,4 mln dollarlik moliyaviy ko‘magi asosida amalga oshirilayotgan yana bir yirik loyiha hisoblanadi. Islom taraqqiyot banki esa “Surxondaryo viloyatida suv resurslarini boshqarishni yaxshilash” loyihasiga 122,7 million dollar ajratdi.
Shu bilan bir qatorda, respublikamizda xalqaro moliyaviy institutlar ishtirokidagi boshqa yirik loyihalar ham amalga oshirilmoqda. Jumladan, Islom taraqqiyot banki ishtirokidagi “Xorazm viloyati Toshsokin tizimining magistral sug‘orish kanallarini tiklash” loyihasining qiymati 144,2 mln dollarga baholandi. Fransiyaning 38,26 mln dollarlik mablag‘i evaziga esa “Navoiy” va “Uchqora” nasos stansiyalarini reabilitatsiya qilish” loyihasi amalga oshirilmoqda.
Ayni paytda Jahon bankining 74,55 mln dollarlik moliyaviy ko‘magida “O‘zbekiston drenaj loyihasi”, OPeKning 12 mln dollardik mablag‘i hisobidanBuxoro viloyatida “Quyimozor” stansiyasini reabilitatsiya qilish” va Xitoyning 14 mln dollarlik krediti asosida “Qorako‘l nasos stansiyasini reabilitatsiya qilish” loyihalari o‘z nihoyasiga yetdi.
2013 yilda qabul qilingan “2013 — 2017 yillar davrida sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvafiq, irrigatsiya tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta'mirlash va qayta tiklash hamda tomchi bilan sug‘orish tizimini joriy etash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Qarorga muvofiq, 2013-2017 yillarda mazkur maqsadlarga 1,2 mlrd dollar sarflanadi.
Ayni paytda tomchi bilan sug‘orish tizimi 15,5 ming gektar hududga o‘rnatilgan bo‘lib, kelgusida bunday maydonlar imtiyozli kreditlar evaziga 25 ming gektarga yetkazilishi belgilangan.
Mamlakatimizda uchta xalqaro kredit tashkilotining umumiy qiymati 740 mln dollar bo‘lgan mablag‘lari hisobiga suv ta'minoti sohasida uchta yirik loyiha amal oshiriladi. Birinchisi Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi “Amu-Buxoro irrigatsiya tizimini reabilitatsiya qilish” loyihasi bo‘lib, unga 284,46 million dollar yo‘naltiriladi. “Janubiy Qoraqalpog‘istonda suv resurslarini boshqarishni yaxshilash” — Jahon bankining 337,4 mln dollarlik moliyaviy ko‘magi asosida amalga oshirilayotgan yana bir yirik loyiha hisoblanadi. Islom taraqqiyot banki esa “Surxondaryo viloyatida suv resurslarini boshqarishni yaxshilash” loyihasiga 122,7 million dollar ajratdi.Shu bilan bir qatorda, respublikamizda xalqaro moliyaviy institutlar ishtirokidagi boshqa yirik loyihalar ham amalga oshirilmoqda. Jumladan, Islom taraqqiyot banki ishtirokidagi “Xorazm viloyati Toshsokin tizimining magistral sug‘orish kanallarini tiklash” loyihasining qiymati 144,2 mln dollarga baholandi. Fransiyaning 38,26 mln dollarlik mablag‘i evaziga esa “Navoiy” va “Uchqora” nasos stansiyalarini reabilitatsiya qilish” loyihasi amalga oshirilmoqda.Ayni paytda Jahon bankining 74,55 mln dollarlik moliyaviy ko‘magida “O‘zbekiston drenaj loyihasi”, OPeKning 12 mln dollardik mablag‘i hisobidanBuxoro viloyatida “Quyimozor” stansiyasini reabilitatsiya qilish” va Xitoyning 14 mln dollarlik krediti asosida “Qorako‘l nasos stansiyasini reabilitatsiya qilish” loyihalari o‘z nihoyasiga yetdi.2013 yilda qabul qilingan “2013 — 2017 yillar davrida sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvafiq, irrigatsiya tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta'mirlash va qayta tiklash hamda tomchi bilan sug‘orish tizimini joriy etash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Qarorga muvofiq, 2013-2017 yillarda mazkur maqsadlarga 1,2 mlrd dollar sarflanadi.Ayni paytda tomchi bilan sug‘orish tizimi 15,5 ming gektar hududga o‘rnatilgan bo‘lib, kelgusida bunday maydonlar imtiyozli kreditlar evaziga 25 ming gektarga yetkazilishi belgilangan.