O‘zbekiston | 12:27 / 27.08.2015
4927
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistondagi salqin havo hafta oxiriga qadar saqlanib qoladi

O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati markazining ma'lum qilishicha, 31 avgustga qadar mamlakatimizda o‘rtacha havo harorati kechasi 13-18, kunduzi 25-32 daraja atrofida saqlanib turadi.

Nisbatan issiq ob-havoni Navoiy, Buxoro, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kuzatish mumkin. Ushbu hududlarda harorat 34-36 darajagacha ko‘tariladi.

27-28 avgust kunlari poytaxtning ayrim tumanlarida havo bulutli bo‘lib, yomg‘ir yozishi mumkin. Havo harorati kechasi 13-18, kunduzi 27-32 daraja atrofida bo‘ladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish