12:22 / 27.08.2015
3826

O‘zbekistonlik dasturchi mobil reklama tarqatuvchi dastur yaratdi

“Voice Interactive” ma'suliyati cheklangan jamiyati dasturchisi Abduvaliyev Timur Andreyevich “EW AdTarget” dasturini ishlab chiqdi.

Dastur reklama kontentini mobil reklama operatori xizmatining obunachilari o‘rtasida manzilli tarqatish uchun mo‘ljallangan.

Mobil reklama xizmati reklama beruvchiga belgilangan shartlarga (targetingga) javob beradigan o‘z reklama kontentini belgilangan hajmda va belgilangan vaqtda obunachiga yetkazib berishni tashkil etish imkonini beradi. Xizmat reklama kontentini obunachilarning muttasil yangilanib va to‘ldirilib turadigan hamda doim ishchi holatda qo‘llab-quvvatlab turiladigan shaxsiy strukturalangan bazasi bo‘yicha eltib berish imkonini beradi.

Top