Sport | 11:11 / 27.08.2015
3668
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik kurashchi To‘rabek Tirkashev Carayevodagi jahon chempionatida oltin medal sovrindori bo‘ldi

Sarayevo shahrida yunon-rum kurashi uslubida sport kurashi bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida 46 kg. vazn toifasida ishtirok etgan o‘zbekistonlik To‘rabek Tirkashev oltin medalni qo‘lga kiritdi.

To‘rabek saralash bahslarida Aystis Laugminas (Litva) va Sultan Oljasni (Qozog‘iston) mag‘lub etgan bo‘lsa, yarim finalda yaponiyalik Kaito Inabadan ustun keldi. Uning hal qiluvchi final bahsidagi raqibi esa turkiyailk Kerem Kamal bo‘ldi. Murosasiz kechgan bellashuvda ham O‘zbekitosn vakili g‘alaba qozonib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan o‘rin oldi.

1 – To‘rabek Tirkashev (O‘zbekiston)

2 – Kerem Kamal (Turkiya)

3 – Atmir Kotsev (Rossiya) va Sultan Oljas (Qozog‘iston).