Qoraqalpog‘istonda Samarqandga 150 gr afyun olib ketayotgan ayol qo‘lga olindi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.
Ayblanuvchi Aysha Yernazarova ilgari ham afyun savdosidan qo‘lga tushib, 8 yilga qamalgan, ammo 2013 yilda jazo muddatining qolgan qismini nazorat ostida o‘tkazish sharti bilan ozodlikka chiqqan edi. Yernazarova nazorat ostida bo‘lishiga qaramay, eski ishini davom ettirishga qaror qildi.
2014 yilda u Samarqand shahriga 150 gr afyun olib ketayotganida qo‘lga olindi. Sud hukmi bilan u 10 yil 3 oylik qamoq jazosiga hukm qilindi.