21:20 / 27.08.2015
4288

Qozog‘iston “Jat” filmini “Oskar” mukofotiga nomzod sifatida qo‘ydi

Dashtlarning og‘ir sharoitlarida yashagan qozoq ko‘chmanchilari haqida so‘zlovchi 105 daqiqali “Jat” (“Yot”) filmi “Oskar” mukofotiga nomzod sifatida qo‘yildi.

Yermek Tursunov tomonidan suratga olingan ushbu film “Oskar” mukofotining “Eng yaxshi xorijiy filmi” yo‘nalishi uchun nomzodi qo‘yildi, deb xabar bermoqda The Hollywood Reporter nashriga iqtibos keltirgan holda “Vlast” nashri.

“Jat” filmining premerasi Torontodagi Xalqaro kinofestivalda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Film ingliz tilida Stranger nomi bilan chiqariladi.

Top