Qozog‘iston Milliy banki: dollar uchun 240 tenge optimal va muvozanatlashgan narx
Qozog‘iston Milliy bankida dollarning kursi 240 tenge atrofida bo‘lishi optimal va muvozanatlashgan narx deb aytildi va hech qanday keskin o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmayotgani qo‘shimcha qilib o‘tildi.
“Biz aholini tenge uchun yangi kursni qidirish bilan shug‘ullanish o‘rniga bamaylixotir bayramlarni nishonlashlarini so‘rab qolamiz. Bir hafta ichida kuzatilgan dollar uchun 240 tenge atrofidagi narx muvozanatlashgan va optimal narx. Sentyabr boshida u yoki bu tomonga hech qanday keskin o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmayapti”, deb aytdi Markaziy bank raisi o‘rinbosari Nurlan Xusainov.
Xusainovning aytishicha, yil oxirigacha Milliy bank texnik qo‘mitaning to‘rtta yig‘ilishini o‘tkazishni rejalashtirgan. Bu yig‘ilishlarda bankning oriyentirlari va iqtisodiy vaziyatdan kutilajak natijalar, shuningdek. pul bozori operatsiyalari o‘tkaziladigan tayanch stavka belgilanadi. Birinchi yig‘ilish 2 sentabrga belgilangan.
Qozog‘iston Milliy banki raisi o‘rinbosari Oleg Smolyakov mamlakatda valyutalar kursi butun dam olish kunlariga belgilanishi va shuning uchun Qozog‘iston Konstitutsiya kunining nishonlanishi arafasida kurs juma kuni belgilanib, seshanbagacha amal qilishini aytib o‘tdi.