Iqtisodiyot | 06:43 / 27.08.2015
3372
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya moliya vaziri: bozorlar Xitoydagi vaziyat va neftning haddan ko‘pligi sabab pastlamoqda

Rossiya moliya vaziri Anton Siluanovning fikricha, jahon moliya bozorlarining pasayishi Xitoy iqtisodiyotidagi vaziyat va neftning talabdan ko‘pligi bilan bog‘liq bo‘lmoqda.

“Oxirgi kunlarda jahon moliya va xomashyo bozorlarida o‘zgaruvchanlik kuchaydi. Biz fond indekslarining 10 foizga pasayganini ko‘rishimiz mumkin. Xomashyo mahsulotlariga narxlar tushib ketdi, valyutalar kuchsizlandi, ayniqsa birinchi navbatda xomashyo eksport qiluvchi rivojlanayotgan davlatlarda”, deb aytdi Siluanov Rossiya prezidenti Vladimir Putinning hukumat a'zolari bilan uchrashuvi paytida. 

U qandaydir aniq davlatlarni aytib o‘tmadi, biroq valyutalarning kuchsizlanishi 5 foizdan 15 foizgacha qayd etilganini ta'kidlab o‘tdi. “Bunga sabab Xitoy iqtisodiyoti sur'atlari mavhumligining o‘sishi. Xitoy iqtisodiyoti jahon talabiga, shu jumladan xomashyo mahsulotlariga talablarga ta'sir qiluvchi eng yirik iqtisodiyotlardan hisoblanadi”, deb aytdi Siluanov.

Siluanov, shuningdek, neftning keragidan ko‘p qazib olinishi ham bozorlarga salbiy ta'sir ko‘rsatayotgan sabablardan biri ekanligini qo‘shimcha qilib o‘tdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish