Sport | 02:51 / 27.08.2015
3456
1 daqiqa o‘qiladi

Runi Chempionlar Ligasida 10 yildan beri ilk xet-trikini amalga oshirdi

“Manchester Yunayted” hujumchisi Ueyn Runi Chempionlar Ligasining 4-saralash bosqichida Belgiyaning “Bryugge” klubiga qarshi mehmondagi javob uchrashuvida xet-trik amalga oshirdi. Uchrashuv “MYu” foydasiga 0:4 hisobida yakunlandi.

Angliya terma jamoasi hujumchisi Chempionlar Ligasidagi bundan avvalgi xet-trikini 2004 yilda “MYu” uchun debyut o‘yinida “Fenerbaxche”ga qarshi uchrashuvda amalga oshirgan edi. O‘sha uchrashuv 6:2 hisobida yakunlangan.

Runi klub safida rasmiy uchrashuvlarda oxirgi to‘pini Angliya chempionati doirasida “Aston Villa” darvozasiga 2015 yilning 4 aprelida kiritgan edi.