O‘zbekiston | 17:18 / 27.08.2015
5268
2 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda 100 mln so‘m soliq to‘lashdan bo‘yin tovlagan tadbirkor 1 mlrd so‘m jarimaga tortildi

Samarqandda 100 mln so‘m soliq to‘lashdan bo‘yin tovlagan tadbirkor 1 mlrd so‘m jarimaga tortildi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.
Tadbirkor Farhod Sharopov bir necha yillar muqaddam “Tayloq tuman sharob savdo” ixtisoslashtirilgan baza unitar korxonasini tashkil qilgan edi.

DSI tekshiruvi natijasida korxonaning soliqdan qarzdorligi 100 mln so‘mni tashkil qilgani aniqlanib, korxona hisobidagi 42 mln so‘m olib qo‘yildi. Ammo korxona rahbari qarzning qolgani qismini uzishga harakat qilmagani bois bir necha oylardan so‘ng unga nisbatan 1 mlrd so‘m moliyaviy jarima qo‘llanildi. Korxona viloyat xo‘jalik sudi qaroriga muvofiq bankrot deb e'lon qilindi. Soliq va boshqa to‘lovlardan 1 mlrd so‘mdan ziyod qarzlar to‘lov qobiliyati bo‘lmagani bois to‘lanmadi.

Ammo DSI xodimlari tekshirishni davom ettirib, korxona tasarrufida Samarqand shahrida joylashgan obmorxona va savdo do‘koni borligini aniqladi. Bu faktlarni yashirganlikda ayblanib Sharopovga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Omborxona va do‘kon qiymatining qarzlarni qoplashga yetarliligini hamda javobgarning 60dan oshganini inobatga olinib, unga nisbatan yengillashtirilgan ma'muriy jazo qo‘llanildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish